Бугун: 25 Мар 2017 йил

Ишонч телефонлари:
(+998 71) 234-93-60
(+998 71) 234-91-46
Бош саҳифа > Янгиликлар > TENDER SAVDOLARIGA TAKLIF


Sana: 2016 yil 11 iyul
Kredit raqami va loyiha nomi: 3275-UZB, "Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish" loyihasi Shartnoma raqami va nomi: 3275/ICB/01 - Kanalizatsiya quvurlarini yuvish uchun yuqori bosimli uskunali avariyaviy mashina va uyg’unlashtirilgan mashinalar (assenizatsiya va balchiq tortish mashinasi) sotib olish Takliflarini taqdim etishning so'nggi muddati: 2016 yil 29 avgust 16:00 (Toshkent vaqti bilan).
1. O'zbekiston Respublikasi "Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish" loyihasini moliyalashtirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki ("OTB") dan kredit olgan va ushbu kredit mablagTarining bir qismini Jizzax shahri «Suvoqava» korxonasi uchun maxsus texnika xarid qilishga sarflaydi. Tender savdolari OTBga a’zo davlatlarning barcha ishtirokchilari uchun ochiq hisoblanadi.
2. "O'zkommunxizmat" agentligi OTB loyihalarini muvofiqlashtirish guruhi savdoda qatnashish huquqiga ega bulgan ishtirokchilardan Kanalizatsiya quvurlarini yuvish uchun yuqori bosimli uskunali avariyaviy mashina va uyg’unlashtirilgan mashinalar (assenizatsiya va balchiq tortish mashinasi) sotib olish uchun muhrlangan tender takliflarini qabul qiladi.
3. Xalqaro tanlovlar OTB tartibiga muvofiq “bir bosqichli: bir konvertli” ko’rinishida o’tkaziladi va tender xujjatlarida ko’rsatilganicha OTB davlatlarning barcha ishtirokchilari uchun ochiq hisoblanadi.
4. Qatnashish huquqiga ega bulgan ishtirokchilar quyidagi asosiy mezonlarga javob bergan holda tanlovda (tenderda) qatnashadilar:
- so'nggi uch yil mobaynida bajarilgan yoki bajarilayotgan shartnomalar bo’yicha ishtirokchi tomonidan qabul qilingan umumiy toTovlaming minimal o'rtacha yillik aylanmasi, quyida ko'rsatilgan miqdorda;
- so'nggi besh yil mobaynida, tovar yetkazib berish va murakkabligi jihatidan taklif qilinayotgan shartnomaga o'xshash bo’lgan, kamida uch dona shartnoma bo’yicha asosiy tovar etkazib beruvchi va tegishli xizmatlar bajaruvchisi sifatida shartnomani yakunlash;
auditorlarning moliyaviy xisobotiga muvofiq foydani ko’rsatuvchi so'nggi uch yil mobaynidagi ishtirokchining moliyaviy holatining barqarorligi. Kamida, jami aktivlari va majburiyatlari o'rtasidagi farq ijobiy bo'lishi kerak;
quyida ko'rsatilgan miqdorda kesh-flo talablarini qoplash uchun yetarli aktivlar, kredit liniyalari va boshqa moliyalaming mavjudligi;
- barcha joriy sud ishlari, arbitrajlar ishtirokchining umumiy aktivlarining 50% dan oshmasligi kerak.

o'rtacha yillik aylanmasi

kredit liniyalari va aktivlarning mavjudligi

1 166000 AQSH dollari

250000 AQSH dollari

Tovarlar yetkazib berish, oldindan to'lov o’tganidan keyin 90 kun ichida yakunlanishi kutilmoqda.
5. Tenderda qatnashish istagini bildirganlar quyidagi manzil bo’yicha qo'shimcha ma'lumot olishi va tender hujjatlari bilan tanishishlari mumkia:
Bahrom Mavlyanov, raxbar v.b.
"O'zkommunxizmat" agentligi OTB loyihalariini muvofiqlashtirish guruhi
Toshkent, Niyozbek yo'li ko’chasi, 1-uy, 7- qavat, 716- xona
Telefon: (+998 71) 235-26-78. Faks: (+998 71) 234-05-59
E-mail: dssdp.pmu.uz@gmail.com, ppmuucsa@gmail.com
6. Manfaatdor ishtirokchilar Ingliz tilidagi tender hujjatlarini sotib olinishlari mumkin:
• 3275/ICB/01 - Kanalizatsiya quvurlarini yuvish uchun yuqori bosimli uskunali avariyaviy mashina va uyg’unlashtirilgan mashinalar (assenizatsiya va balchiq tortish mashinasi) sotib olish shartnomasi bo’yicha tender hujjatlarini olish uchun yuqorida ko'rsatilgan manzilga yozma ariza yuborilgandan so'ng
• Qaytarib berilmaydigan 100 AQSh dollari miqdordagi to’lov amalga oshirilgandan so’ng - horijiy ishtirokchilar uchun, yoki tender hujjatlarini sotib olish kunidagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo'yicha so'mdagi ekvivalentida - mahalliy ishtirokchilar uchun. To'lov turi - quyida ko'rsatilgan hisob raqamiga pul ko’chirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
• Agar tender qatnashchilari tender hujjatlarini xorijdagi manzilga pochta orqali qabul qilishni istasalar, pochta xarajatlari qatnashchi tomonidan to'lanishi kerak. Buning uchun qatnashchilar tomonidan qo’shimcha 100 AQSh dollari miqdoridagi summa to’lanishi kerak bo’ladi. OTB loyihasini muvofiqlashtirish guruhi hujjatlarning yo'qolishi yoki kech yetkazib berilishi uchun
javobgar emas.
Bank rekvizitlari:
Bank nomi: OAIKB "Ipak Yo'li"
Bank manzili: A.Qodiriy ko’ch., 2, Toshkent, O'zbekiston, 100017
STIR: 301 603 197
H/R: (Xorijiy ishtirokchilar uchun): 2021 0840 9048 5173 8008
(Mahalliy ishtirokchilar uchun): 2021 0000 4048 5173 8005
SWIFT kod: INIP UZ 22 MFO: 00444
7. Tender takliflari yuqoridagi manzilga 2016 yil 29 Avgust soat 16:00 (Toshkent vaqti) dan kechiktirilmasdan tender hujjatlari talablariga muvofiq bank kafolati bilan yetkazib berilishi kerak. Kechikkan takliflar rad etiladi. Takliflar 2016 yil, 29 Avgust soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan) da yuqorida ko’rsatilgan manzilda ishtirokchilar vakillari ishtirokida ochiladi. 8. OTB loyihasini muvofiqlashtirish guruhi tender hujjatlarini tayyorlash va yetkazib berish bilan bogliq bo’lgan ishtirokchilarning har qanday xarajatlari uchun javobgar emas.

 

 

1062